22:25 Kimgadir sezildi . . . |
Kimgadir sezildi . . . Kimgadir sezildi bor, yo`qligimiz. Kimga og`ir botdi sal sho`xligimiz. Ortimizda turli gaplar aylandi, O`zimizga ma’lum och, to`qligimiz.
Yuzimiz kulganda bilishdi xushvaqt. G`animlar qon qusdi ergashganda baxt. O`zimizdan o`tganni, o`zimiz bildik. Bizni tushunmadi hech kimsa hech vaqt.
Ichimiz quvonchda xomushroq bo`ldik, Kamligimiz yo`g`u sal bo`shroq bo`ldik, Do`stlar kulfatingda sinalar ekan. Sinadik, kim do`st, kim noxushroq bildik.
G`iybatni ortidan quvib yurmadik. G`iybatchidek nokas odam ko`rmadik. Asablar buzildi, sababchini topdik. Qo`limizni bulg`ab bekor urmadik.
Yor dedik, yorlar ham bevafo bo`ldi. Ko`rsatgan hunari ming jafo bo`ldi. Dunyoda sevgini sotilmas derdik. Yorimiz savdogar ishq savdo bo`ldi.
Nima bo`lsa bo`ldi qoldi ortimda. Yaxshi kunlar kutar bizni oldinda. Har tunda chiroyli tongdan umid bor. Tangridan yaxshilik so`radik har kunda. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |