Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Август » 21 » Kechir, kechirolsang.
21:07
Kechir, kechirolsang.
Kechir, kechirolsang.
Qaytishing istayman qaytarolmayman,
Olislarda sevib yuraman seni.
Beshafqat dunyoga ters turolmayman.
Kechir, kechirolsang farishtam meni . . .

Sevdim, yuragimda o`t bo`lib yonding.
Ammo saqlolmadim taqdirdan seni.
Dilimdagi buyuk armon bo`lib qolding.
Kechir, kechirolsang farishtam meni . . .

Qarama yuzimga, arzimayman ham.
Bugun azobimga yo`q also malham.
Seni dardingga ham men sababchiman.
Kechir, kechirolsang farishtam meni . . .

Kechir, kechirolsang so`nggi kun bugun.
Yana ming azobda qoldirdim seni.
Sensiz jon tanamdan uzilar bu tun.
Kechir, kechirolsang farishtam meni . . .
Akbar Shoh.

Просмотров: 1085 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: