Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » Jonim, jon berishga . . .
22:27
Jonim, jon berishga . . .

Jonim, jon berishga . . .

Jonim jon berishga tayyorman hozir,

Mening sevgim xech ham emasdir xazil.

Bevaqt kirgan bo`lsam qalbingdan uzr.

Jonim jon berishga tayyorman hozir.

 

Tanimda ishqingdan boshqa bir dard yo`q,

Pokiza sevgimda zarracha gard yo`q.

Ishqimni aytolmay bo`g`zimda bir cho`g`.

Jonim jon berishga tayyorman hozir.

 

Seni ko`raman deb qiynaldim necha,

Har kunim o`tadi go`yo ming kecha,

Sendan o`zgasini ko`rmas ko`z hecham,

Jonim jon berishga tayyorman hozir.

 

O`zga qasd qilardim gunoh bo`lmasa,

Netay yurak darddan o`zga ko`rmasa,

Sendan zarracha ham umid bo`lmasa,

Jonim jon berishga tayyorman hozir.

 

Chidayman, alamni ichga yutaman.

Sevib qolishingni intiq kutaman.

Sevmasang dunyodan baxtsiz o`taman.

Jonim jon berishga tayyorman hozir,

 

Mening sevgim xech ham emasdir xazil,

Bevaqt kirgan bo`lsam qalbingdan uzr.


                                                  Akbar Shoh.

Просмотров: 482 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: