Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Iqror.
22:22
Iqror.

Iqror.

Tan berdim taqdirga bo'lgancha bo'lar.

Hayotim oldinda, oldinda bari.

Boshga tushganini, sho'rlik ko'z ko'rar.

Mayli aylansa ham, dunyo teskari.

 

Bir sevgi desamu, ming yonib kuysam,

Kim ham bilar edi mening dardimni.

Boshim mag'rur bo'lar xatto yutqizsam.

Hech kimga past qilmay o'zim qadrimni.

 

Bir pari sevmasa ming janon yonda.

So'zimga ilhaqlar qanchadan-qancha.

Nimadan siqilay xushvaqt zamonda.

Davronimni suray Tangrim bergancha.

 

 

Endi eslamayman, umidvor bo'lma,

Shuncha qiynalganim yetar o'zimga.

Shu o'zing tanlagan sevgingdan qolma.

Ko'chamdan ham o'tma, ko'rinma ko'zimga.



                                                 Akbar Shoh.

 

Просмотров: 395 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: