Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Imkon ber qalam.
22:15
Imkon ber qalam.

Imkon ber qalam.

Dardi ko`p dunyodan nolib yozarkan.

Og`rilar birovdan olib yozarkan.

Bevafo so`zidan tonib yozarkan.

O`z she’rim yozishga imkon ber qalam.

Ko`nglimda qolmasin zarra g`am alam.

 

Oshiq bo`lib ishqdan dostonlar yozay.

Dard to`lib ichimga armonlar yozay.

Baxt qo`nib yelkamga xush onlar yozay.

O`z she’rim yozishga imkon ber qalam.

Ko`nglimda qolmasin zarra g`am alam.

 

Volidamga yozay mos qasidalar.

Otamning sha’niga xos baxshidalar.

Ma’nolarga to`lsin soz aqidalar.

O`z she’rim yozishga imkon ber qalam.

Ko`nglimda qolmasin zarra g`am alam.

 

Kimdir so`zlarimdan xulosa olsin.

Xofizlar baytlarim kuylarga solsin.

Dunyodan men o`tay, she’rlarim qolsin.

O`z she’rim yozishga imkon ber qalam.

Ko`nglimda qolmasin zarra g`am alam.

Akbar Shoh.
Просмотров: 440 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: