Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Haqqim halolat.
22:20
Haqqim halolat.

Haqqim halolat.

Bilmadim ne sabab mendan sovuding.

Senga mehr berib charchamas edim.

Ishqdan emasmidi dilda hovuring.

Ko`nglingga balki men, bezamon keldim.

 

Sevarding yurakdan yoki aldading.

Ishq neligin balki jonim, bilmasding.

Kelma deganimda yonimga kelib,

Yonib kutganimda bilaks kelmasding.

 

Va’dalar berganding, yo adashdimmi?.

Orzular armonga aylandi zumda,

Seni deb bekorga jon talashdimmi?.

Tashladinggu ketding qaro bir kunda.

 

Mayli, yo`ling ochiq, haqqim halolat.

Boshga ne kelsada eslamay seni.

Endi har lahzada jonim omonat.

Tushlarimga kirib o`ldirma meni!


                                     Akbar Shoh.

Просмотров: 381 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: