Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Октябрь » 5 » Fikrati charxi zamin
13:53
Fikrati charxi zamin
Qarori yo'q bu dunyoning rostidan yolg'oni ko'p.
Ki orzular ro'yobining aslidan armoni ko'p.

Charx urar beqaror dunyo ne zamonkim nomuqim.
Shul sababmi chin muqimlik satxidan girdobi ko'p.

Gohi shamsu, goh qamarkim mutloqlikka intilar.
Ikkisida taxt talashmish shohi ko'p, sultoni ko'p.

Na dengizida qaror bor, na quruqlik sobuti.
Gohi zamin hokim unda, gohida ummoni ko'p.

Havosi birqaror ermas, aylanar tinmay jahon.
Gohi shamsi qizdirarkan, goh qirovli qori ko'p.

Gar bu dunyo beqarormush, turmas muqim xech zamon.
Beqarorlik yurti ichra bevafo insoni ko'p.

Jon talashmish, mol talashmish, joy talashmish, keng zamin.
Nafs ila jang sahnasida mardidan yaksoni ko'p.

Chin muhabbat, asl do'stlik bevafolar ichra xor.
Qalbida sof tuyg'u hokim aslidan sarsoni ko'p.

Akbariy Shoh mantiq ayla, chun turfa dillar ichra sen.
Gohi rosti uchrar unda, gohida yolg'oni ko'p.

Asra o'zlik maqsadingni, asragil yakdil diling.
Yaxshilikka boshla yo'llar, izlasang imkoni ko'p. . . .

Garchi dunyo nomuqimdur, Sarvari Olam yakkadur.
Dunyo-i dun Sohibi bir, o'zga xech rahmoni YO'Q.

Akbar Shoh.
Просмотров: 464 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: