22:30 Ey, o`g`il o`yla ! |
Ey, o`g`il o`yla !
Ey, o'g'il o'yla sani kim bundayin raso ayladi. Necha yuz ming istagingni barini paydo ayladi.
Bir parcha etdin ko'tardi, bosh-u, qaddu-qomating, Necha yillik sabr ila hayoting bino ayladi.
So'z demasding, ko'zlaring farq etmas oq-qorani. Parvarishlab, ko'zing lochin, tilingni burro ayladi.
Ilm o'rgan berdi imkon, berdi istar vaziyating. Ahmoqlikdan yiroq saqlab, so'zlaring ma'no ayladi.
Xatolikdan boshginangga kelsa nogoh bir balo, Sani saqlab har baloga o'zni mubtalo ayladi.
Haq uchun intil dedi, yolg'onga burma dedi yuz. Tarbiyasi yo'llaringda halollik tanho ayladi.
Jism-u joningga o'ylagin bu jonkuyarlar kimligin. Saning har pok qadamingga o'zin rahnamo ayladi.
Beshak yodingdan chiqarma o'z padar, o'z volidang. Alar saning hayoting chun jonlarin fido ayladi.
Har nafasda Haq uchun xizmatidin burma yuz. Zero o'zlari xastahol san deya duo ayladi.
Aqli yetgan raso farzand anglar ushbu xikmatim. Jannat arki taxti erur alarni rizo ayladi.
Ey, Qodiri manga ham bir nurlaringdan qil nazar. Ota-onam baxtli ko'ray Akbar iltijo ayladi. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |