Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Eslatding yana.
22:32
Eslatding yana.

Eslatding yana.

Sevgilim eslatding yana o'zingni.

Osmonim qopladi qorong'u tuman.

O'ngimdan ketkizmay ma'yus ko'zingni.

Sochlaring o'ynashar shabboda bilan.

 

Ovozing eshitilar qayerda bo'lmay.

Ismingni takrorlab uradi yurak.

Sevaman baribir yillarda ko'rmay.

Faqat seni sevib yashayman beshak.

 

Husnu latofating, odobing xulqing,

Jonimni oladi, holim so'rmassan.

Quyoshda tovlanar, parishon zulfing.

Men g'arib oshiqqa nazar solmassan.

 

"Unut" degan eding unutolmadim.

Tanimdan jonimni qanday sug'uray.

Ko'nglimni ko'nglingdan sovutolmadim.

Ayt, ishqdan qandayin yuzim o'giray.

 

To tirik ekanman sevaman seni,

Sog'inib, sog'inib yuragim tig'lab.

Mayli sen sog'inma, eslama meni,

Sen uchun o'laman, sen uchun yashab!!!



                                              Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 373 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: