21:47 Endi sevolmayman. |
Endi sevolmayman. Unga asir edi ko`r ko`ngil qushim, Husni o`g`irlagan bor aql-u hushim. Bog`lanardi unga xattoki tushim. Endi sevolmayman, uylanmayman man. Faqatgina kelin oladi onam.
Dushmanni do`st qilishga chog`lanibmanku, Yolg`onga zanjir-la bog`lanibmanku, Bevafo yor uchun dog`lanibmanku. Endi sevolmayman, uylanmayman man. Faqatgina kelin oladi onam.
Asli yo`q qasrga kirmoqchi bo`ldim, Yolg`onlarni rostga burmoqchi bo`ldim, O`zim ko`nglim uchun yolg`onchi bo`ldim. Endi sevolmayman, uylanmayman man. Faqatgina kelin oladi onam.
Bir aldangan ko`ngil ishonmas boshqa, Xaqorat yoqmaydi xattoki toshga, Ne balolar solding Tangrim bu boshga. Endi sevolmayman, uylanmayman man. Faqatgina kelin oladi onam.
Hech kim arzimaydi mani sevgimga. Arshda yetishaman o`zim tenggimga. Farishtalar malak bo`lar sevgimga. Endi sevolmayman, uylanmayman man. Faqatgina kelin oladi onam. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |