Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Август » 9 » ... Eding sen
20:30
... Eding sen
Bolalik vaqtlarim, beg`uborligim.
Dunyoga beparvo baxtiyorligim.
Shamoldek o`ynoqi, beqarorligim.
O`shanda
ham quvnoq eding sen.

Yil o`tdi ulg`aydik birga quvlashib,
Shoshilib, qoqilib, qadam tashlashib,
Tez-tez urushardik, tez-tez yarashib,
Go`zal eding, o`ynoq eding sen.

Shodon kulsam dunyo jam edi.
Hayot goh baxt, gohi g`am edi.
Dardlarimga sherik kam edi.
G`amlarimga o`rtoq eding sen.

Novdadagi bargdek o`ynardi yurak.
Dilda bir ajib his paydodir murg`ak.
Go`yo go`dak edim, beg`ubor go`dak.
Dilimdagi titroq eding sen.

Vaqt o`tdi, chalg`itdi dunyo ishlari.
Hayotning beado g`am tashvishlari.
Tinch qo`ymaydi sira qlb qalaishlari.
Olis bo`lding, yiroq edin sen.

Akbar Shoh.                  02.06.2013



Просмотров: 405 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: