Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июль » 18 » DRAMMA
07:32
DRAMMA
Dunyoda naqd yetti milliard inson,
Taqdir alohida, turli hammasi.
Kimda yutuqlar ko'p, kimdadur nuqson,
Har kimning hayoti - o'z drammasi.

Men ham ko'p qatori oddiy bir yigit.
Kimgadir qadrli, kimga hech kimman.
Hayot jangli sahna, hayot ur yiqit.
Mening ham sahnada bor o'z DRAMMAM.

Eshiting boshimdan o'tganlarini,
Xulosa chiqarmoq sizga havola.
Oshkor etib dil dard yutganlarini.
Hayotiy drammam qilgum hikoya.

""Dunyoning g'alvali ish kuni edi.
Har doimgi ofis, qog'oz-qalamlar.
Sevgim vasli birdan hayolga keldi.
Dilimni titratdi ishqiy alamlar.

Barin yig'ishtirib, ishning yarmidan.
Yor kelmas bog' tomon oshiqib ketdim.
Vujud qaltirardi ko'ngil zarbidan.
Eslolmayman qanday bog'gacha yetdim?.

Shoshilmay, sust-sokin tashlardim qadam.
O'ylardim ishq uchun qancha urindik.
Hech bahona dardga bo'lmasdi malham.
Band edi bog'dagi bizning o'rindiq.

Yigit-qiz sho'x-shodon qurardi suhbat.
Ikki oy avvalgi huddi biz kabi.
Hayol oshiqlarga uchdi bir muhlat.
"-Bizdek uzilmasin ularning qalbi!"

Anhor tomon yurdim shoshilmay, asta.
Oshiqlar vasliga bermayin halal.
Hayol dilga cho'kkan, boshim ham pastda.
Sho'x-shodon yurardim men ham bir mahal.

Sevgim bilan oyni kuzatgan ko'prik.
Ishqiy suhbatlarga sherikdir o'sha.
Anhor yuzasida tovlanar ko'pik,
Baxtli kunlar o'tgan sevimli go'sha.

Ko'prikdan anhorga termulib qoldim.
Anhor doimgidek sokin oqardi.
Sevgimni esladim, hayolga toldim.
Suhbatlar qurardik, kulib boqardi.

Ikki oy ilgari, ikki oy oldin,
Hammasi zo'r edi, ishqdan mast edim.
Muhabbat, yondim-a, olovda yondim.
Samoda uchardim, baxt, sarmast edim.

Suyib sevar edi farishtam derdim.
Har tong qo'ng'irog'i uyg'otar edi.
Jon derdim, jonimni sen uchun berdim.
O'ynashardi, rashkim qo'zg'otar edi.

Bizdayin oshiqlar yo'q edi go'yo.
Ikkimiz dunyoda tanho bilardik.
Dunyo muhabbatsiz emasdi dunyo.
Har kuni sevgidan bayram qilardik.

Qora bulut bosdi osmonni nogoh.
Qalbimda izg'irin shamollar yeldi.
Telefon qilib, yig'lab etdi-ki ogoh.
"Jonim, uyimizga sovchilar keldi."

Ne qilarim bilmay, jonim o'ksidi.
Sovchi jo'nataymi? Talabaman-ku?.
Hech sinmagan ko'nglim shu kun ko'p sindi.
Ne qilay ishqida g'irt telbaman-ku?.

Ikki kun o'ylandim, maslahat soldim.
Onamni dadamga yubordim elchi.
Xabar yozdim, "jonim chorasin topdim,
Har doimgi joyga vaqtida kel-chi."

Uchrashuv vaqtidan bir soat avval,
Sevinchimga sig'may kutardim uni.
Vaqt sekin o'tardi, imillab tanbal,
Soatga cho'zilib ketar bir zumi.

Nihoyat ko'rindi qalbim o'g'risi.
Lekin bir o'zgacha sokin kelardi.
Bilmasdi-da ne gap bo'lar to'g'risi.
Bilganida balki, yelday yelardi.

Keldi-yu so'zimni tezda boshladim.
"-Jonim ishqimizga topildi chora!
Dadam kovushiga sabzi tashladim.
Onam seni ko'rmoq istar bir bora."

"-Kech bo'ldi bariga endi kech." dedi.
Shoshilmay so'zida etardi davom:
"-Men kechdim-u, endi sen ham kech." dedi.
"-Muhabbat-u sevgi hammasi tamom!"

"TAMOM!" Eng oxirgi so'zi shu bo'ldi.
Qotdim tanimda qon muzlagan kabi.
Bir zumda shoshilib, ko'zdan yo'qoldi.
O'ldi shunda asl oshiqning qalbi.

O'zimga tinmasdan berardim savol:
Ne uchun? Nimaga? Yo qanday qilib?.
Javob olgim kelar yorimdan halol.
Kun o'ta boshladi yorga intilib.

Raqam o'chirilgan, dugonalar ham,
Menga qarshi rosa o'qitilgandek.
Tobora yutardi meni qayg'u, g'am.
Hech kim yordam bermas qo'rqitilgandek.

Javobin atrofdan qidirib topdim.
Sovchi jo'natganlar boymish, badavlat.
Shu-shu bevafoga ko'nglimni yopdim.
Nafs bosgan, qalbini qoplagan nafrat."

Anhorga termulib, barin esladim.
Ne qilay muhabbat qalbimda mangu.
Ming kechdim dedim-u ammo bezmadim.
Qalbga oshno bo'ldi ishqiy bir qayg'u.

Kech tushdi ohista uyimga qaytdim.
Dil sal bo'shagandek xotiralardan.
Yo'l-yo'lakay oyga dardimni aytdim.
Umid oldim orzu, bokiralardan.

Kech bo'lsa ham onam kutar intizor.
Dilbandim der qancha dil og'ritsam ham.
Onam o'tirardi yetgandek ozor.
Ko'zlarga qo'ngandek zarra tomchi nam.

Hayiqib so'radim: "-Onam, onajon,
Taningiz sog'lommi, yetmadimi dard?.
Kulib kutardingiz doim, har qachon.
Tinchlikmi, yuzingiz qoplagandek gard?."

Onam so'z demadi, qo'limga tutdi.
Bejirim o'ralgan bir kichik noma.
Ochib o'qidim-u yurak dard yutdi,
Bevafo to'yiga bir taklifnoma.

G'azabim qo'zidi, asab buzildi.
Onamning ko'zida bevafo deb yosh?.
Dilimda nafratdan bo'ron qo'zidi.
Rosti bu holatga bermadim bardosh.

Yugurib xonamga kirdim-u darrov,
Uni eslatguvchi narsani yig'dim.
Hovlim chekkasida yoqdim-u olov,
Barini shu olov ichiga tiqdim.

Shunda mehr bilan yelkamga tegdi.
Onamning mehrli, iliq qo'llari.
Qalb shunda bemisl sehrni sezdi.
Dilga eng yaqini ONAM DILLARI.

"-Onajon" oyog'in quchoqlab oldim.
"-Eng aziz insonim o'zingiz faqat!
Bilmay boshingizni qayg'uga soldim.
Sizdek qadrlimas hech bir muhabbat!

Qayg'urmang, ochildi o'g'lingiz ko'zi.
Bevafo yorlardan tonaman endi.
Vafodor topadi dunyoning o'zi.
Yonsam baxtingiz chun yonaman endi."

Shu-shu bevafoni eslamay qo'ydim.
Ayting ishqdan kechgan kimga ham kerak.
Mehrim berib yaqinlarimni suydim.
Ular uchun ursin ursa ham yurak.""
. . .

Dunyoda naqd yetti milliard inson,
Taqdir alohida, turli hammasi.
Kimda yutuqlar ko'p, kimdadur nuqson,
Har kimning hayoti - o'z drammasi.

Akbar Shoh.

Просмотров: 549 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
4 Akbar_Shoh  
0
Zinnura_K RAHMAT.

3 Zinnura_K  
0
Exeee.. Akbarshoox ijodizga ijod qo'shilib.. Qalmizga ko'zlar tegmasin)

2 Akbar_Shoh  
0
Yana qanaqa qiz?. Taqsir.

1 abdulla_sher  
0
Gap yo'q ofarin, kim o'zi o'sha qiz? O'sha men ham taniydigan qizmi

Имя *:
Email *:
Код *: