Главная » 2013 Сентябрь 23 » Dor tayyorla darvozangni peshtoqidan.
09:10 Dor tayyorla darvozangni peshtoqidan. |
Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi. Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida. Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Jon qovrilar xajring o'ti, balosida. Vasling sarob bu dunyo-yu mavosida. Sulton bo'ldim Majnunlarning sahrosida. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Ajab, ishqdan ne karamlar kutmadim men. Dardlarimga ne malhamlar kutmadim men. Baxt ko'rmadim, ne alamlar yutmadim men. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Jonim senga yor bo'lishdek maqom armon. Chin oshiqqa yor visoli mudom armon. Sevarmisan meni sen ham gumon, armon. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Holim xarob mening sensiz jahon kabi. Jon omonat qovjiragan xazon kabi. Darddan qutqar kel izg'irin shamol kabi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Qalb tanamni o'tdan olib o'tga urar. Jon jismimdan chiqmoqlikka izn so'rar. Balki, hurlar jannatiydan baxtim qurar?. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Umrim o'tdi muhabbat deb olovlarda. Toblandim ming xijron aro sinovlarda. Yuzing ko'ray sirtmoq osha qarovlarda. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Yonib bitdim muhabbating qiynog'ida. Majnun g'ami g'amlarimning ushshog'ida. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. . . . Sabr sindi, toqat tamom, qalb qaqshadi. Yasholmasman ortiq firoq qiynog'ida. Isming aytsam tomog'imdan qon sachradi. Dor tayyorla darvozangni peshtoqida. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |