Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Dilimni bilmagan dildorim.
22:03
Dilimni bilmagan dildorim.

Dilimni bilmagan dildorim.

Yuragim to`ldirdi armonlar,

Yer qattiq, yiroqdir osmonlar.

Dardimga topilmas darmonlar.

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.

 

Sevgiga to`ymadim, dunyodan to`ydim.

Ishqida lahzada ming bora kuydim.

Do`stim, tanlab-tanlab bevafo suydim.

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.

 

Yorim qadrim senga shuncha xormidi?

Ko`ngling mehrgamas, zarga zormidi?

Seni mendan ortiq sevgan bormidi?

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.

 

Husningga aldangan ko`zlarim yig`lar.

Xiyonat tig`lari ko`ksimni tig`lar.

Nolamni tunlarda yolg`iz oy tinglar.

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.

 

Seni sevgan ko`nglim aqlimga dushman.

Qanoti qayrilgan imkonsiz qushman.

Ko`zlaringni eslab lolman, bexushman.

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.

 

Mayli Tangrim seni baxtingni bersin.

Yoring seni mendan kuchliroq sevsin.

Baxt tila menga ham, baxtimni bersin.

Dilimni bilmagan dildorim,

Bevafo ko`zlari humorim.


                                 Akbar Shoh.

 

Просмотров: 422 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: