Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Dardi balo bu.
22:19
Dardi balo bu.

Dardi balo bu.

Sevganim aybimmi, aytgin Allohim.

Nechun bir oshiqni buncha qiynading.

Ko`pmidi shunchalar tanda gunohim.

Tinchgina sevishga nechun qo`ymading.

 

Ishq o`zi berarmish turli sinovni,

Nechun sinovlarda yordam bermading.

Oshiqlar yengarmish har qanday g`ovni.

Nechun menga loyiq ma`shuq bermading.

 

O`zing solib dilga shirin tuyg`uni,

Anglab olmasimdan olding qaytarib.

Ishq deya simirdim bilmay og`uni.

Charchadim yo`qolgan tinchim axtarib.

 

Nechun bevafoni sevdirding menga.

Qaysi gunohimga kelgan jazo bu.

Tavba-yu sajdalar qilay bir senga.

Davosi o`zingdan, dardi balo bu.


                                 Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 413 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: