Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » Blogdagi ilk she`rim "Buyugim VATAN".
22:01
Blogdagi ilk she`rim "Buyugim VATAN".

Men ne deyman, ta'rifingga so'zlar yetmas.

Doning yegan chumchuq qaytib uchib ketmas.

Dostondursan xech tugamas, azal bitmas.

Jon jonimga singib ketgan ulug'im VATAN.

O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

 

O'zbek desa, Mirzo Bobur esga kelar.

O'zbek desa, Navoiyni dunyo bilar.

O'zbek desa, Temuringdan shiddat yelar.

Shonli tarix, kelajagi buyugim VATAN.

O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

 

Bolam deding, boqding millat ajratmading.

Kulsa kulding, yig'lasa lek yig'latmading.

Shavkatingga, shoningga dog' sachratmading.

Farzandi chun jon jigari kuyugim VATAN.

O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

 

Bugun dunyo savlatingdan hayratdadur.

Farzandlaring sha'ning uchun xizmatdadur.

Ulug' noming olam aro xurmatdadur.

Imkoni keng, so'zi butun buyugim VATAN.

O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

 

Xalqing bugun Haqni bildi iymon yig'di.

Baxting ko'rib, Ulug'bek ochgan osmon kuldi.

Temur yig'gan xalqni bugun Islom yig'di.

Bobom aytgan, "Kelajagi buyugim" VATAN.

O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.


                                                   Akbar Shoh.

Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 898 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: