21:45 Bir bora tushungin. |
Bir bora tushungin. Zo`rg`a yashayapman yuragim xasta, Qalbimda yig`ilgan alam bir dasta, Kelmasang to`xtaydi bu yurak asta, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni.
Xijrondan ko`zlarim sarg`ayib ketdi, Xolim ko`rib Majnun jilmayib ketdi, Sensiz yashamoqdan ruh to`yib ketdi, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni.
Dardga to`lgan tanda ko`ngil qolmadi, Ayriliq meni ne ko`yga solmadi, Seni degan yurak sendan tonmadi, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni.
Ko`z ochib ko`rganim, sen faqat sensan, Sevgilim deganim, sen faqat sensan, Dunyoda bir sevganim, sen faqat sensan, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni.
Dildan chiqar ovoz seni chorlaydi, Har bir so`zim, har sas seni chorlaydi, Balki bu so`nggi nafas seni chorlaydi, Bo`ldi bas qiynama, qiynama meni, Bir bora tushungin sog`indim seni. Yuzingni ko`rsatmay o`ldirma meni. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |