22:33 Baribir sevaman qanday? |
Baribir sevaman qanday? Sevaman derdingku aldading nechun, Armonlar qiynaydi qalbimni bugun. Bergan va'dalaring javobsiz savol. Navqiron umrimga yetkazding zavol.
Sen uchun yashashni qilgandim maqsad. Ex, kimlar bu sevgimga qilgandi hasad. Sen uchun, sen uchun yashardim faqat. Yolg'onlaring sabab o'ldi muhabbat.
Umrim o'tib borar unutolmayman. Sendan yuragimni sovutolmayman. O'zgalar oldida yursamda kulib, Yuragim yig'laydi bag'rimni o'yib.
Yozaman, yirtaman, yig'lab yozaman. Sen haqingda, seni o'ylab yozaman. Sen bandsan, kimlarga yolg'on to'qiysan. Ishonaman bir kun she'rim o'qiysan.
Bevafosan baribir sevaman qanday. O'zimga hayronman o'zim ishonmay. Hozir ham bir kulsang jonimni beray. Sevaman desang gar, poyingda o'lay. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 2 | ||
| ||