Главная » 2013 Май 17 » Akamga.
22:02 Akamga. |
Akamga. Yelkasida qo'limni samolarga yetkazgan. Baxtim o'ylab doimo dardlarimni ketkazgan. Ne istasam qo'limga shu zahoti tutqizgan. Suyangan tog'imsiz, orimsiz akam. Baxtimga bor bo'ling yonimda har dam.
Siz borsiz yo'limda imkonim baland. Siz borsiz davrada ovozim baland. Tomirda qonimsiz, yonda jigarband. Suyangan tog'imsiz, orimsiz akam. Baxtimga bor bo'ling yonimda har dam.
Ota-onamiz orzusi baxtimizni ko'rishlik. Tangrim in'omi bo'lsin sog' salomat yurishlik. Sizsiz tatimas menga davru davron surishlik. Suyangan tog'imsiz, orimsiz akam. Baxtimga bor bo'ling yonimda har dam. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |